Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tadbirkorlarga xaridorga ochiq bo‘lgan joyda maxsus QR-kodni joylashtirish majburiyati yuklanadi
Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar: sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom; aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida maxsus dastur orqali soliq organlariga xabar bergan jismoniy shaxslarga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha, 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
- chakana savdo va aholiga xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari aholi bilan hisob-kitob qilish joylarida, shuningdek, kirish joyida va xaridorga ochiq bo‘lgan boshqa joylarda mijozlarga maxsus mobil ilova orqali tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektining ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘qish imkonini beruvchi maxsus QR-kodni joylashtirishlari shart;
- savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan, shu jumladan virtual nazorat-kassa mashinalari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomatlashtirilgan hisob tizimlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan majburiy integratsiya qilinishi shart.
Soliqqa oid huquqbuzarliklarning aniqlangan faktlari to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilganlik uchun tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini va bir martalik pul mukofotini to‘lash Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan vakolatli bank orqali amalga oshiriladi.
Soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar bo‘yicha sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarish, cheklarni ushbu qarorda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxs tomonidan sotib olingan tovarlar qaytarilgan taqdirda, ilgari olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi summasi bunday tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchilari hisobidan Moliya vazirligi G‘aznachiligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Soliq organlariga sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish doirasida planshetlar va boshqa kompyuter texnikasidan foydalanish, shuningdek, elektron raqamli imzo (barmoq izi yoki grafik imzo)dan foydalangan holda sayyor soliq tekshiruvlari bilan bog‘liq hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
15:16 / 10.05.2025
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
08:12 / 29.04.2025