O‘zbekiston | 13:18 / 29.01.2022
2541
2 daqiqa o‘qiladi

 Navoiyda 2 nafar qizni fohishalik uchun Dubayga olib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi 

Foto: Navoiy viloyati IIB

Asli konimexlik bo‘lgan, ayni vaqtda Dubay shahrida yashovchi fuqaro tanishi orqali 20 va 22 yoshli qizlarni fohishalik uchun Dubayga olib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 13 yanvar kuni Navoiy shahrida yashovchi X.N. IIBga ariza bilan murojaat etgan. Unga ko‘ra, Konimex tumani Guliston mahallasida ro‘yxatda turgan va hozirda Dubay shahrida yashovchi Sh.N. ijtimoiy tarmoqlar orqali yosh qizlar bilan aloqa o‘rnatib, fohishalik uchun mamlakatdan olib ketishni maqsad qilgan.

Uning jinoiy rejasiga xatirchilik 20 yoshli O.B. hamda karmanalik 22 yoshli X.N. aldangan. Sh.N. ularni sherigi G.Sh. orqali Dubay shahriga olib chiqib ketayotgan vaqtida Navoiy shahar IIB terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX xodimlari tomonidan odam savdosiga chek qo‘yilgan. 

 

Mavzuga oid