Jahon | 23:16 / 31.01.2022
43230
5 daqiqa o‘qiladi

Urushga tayyorlanayotgan ukrainlar, Amerikaning noodatiy qishi va poytaxtga yurish qilgan kanadaliklar. Kun suratlari

Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.

Foto: REUTERS/Gleb Garanich

Dam olish kunlari Kiyev shahri atrofida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, zaxiraga olingan ukrainlar va tinch aholi vakillari ishtirokida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Avvalroq Ukraina ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tinch aholi uchun ommaviy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Foto: Zuma/TASS

Rossiya bosqini ro‘y berishi haqidagi xavotirlar fonida tashkillashtirilgan mashg‘ulotlar chog‘ida oddiy fuqarolar G‘arb mamlakatlarida ta’lim olgan instruktorlar tomonidan favqulodda vaziyatlarga tayyorlangan.

Foto: AP/TASS

Odatda qishda ham issiq bo‘ladigan Amerika janubida harorat pasaymoqda, shimolda ancha vaqtdan buyon qor bo‘ronlari davom etmoqda, o‘rta g‘arbda esa suv toshqinlari kuzatilmoqda.

Bostonda kunlik yog‘in miqdori bo‘yicha asr boshidagi rekord yangilangan, 2003 yilda bir kunda yog‘gan qor balandligi qariyb 60 santimetrga yetgandi.

AQShning sharqiy sohillariga kuchli qor bo‘ronlari yopirilgan
Dam olish kunlarida noqulay havo sharoiti tufayli 6 mingdan ortiq ichki reyslar bekor qilindi
Sinoptiklar yaqin kunlar ichida bo‘ron tinmasligi, bunday havo mamlakatning ichkari shtatlariga ham o‘tishi mumkinligini prognoz qilishgan
Florida shtatidagi muzlash. Foto: AP/TASS
Floridada harorat -4 darajaga tushgach, daraxtlardan qotib qolgan iguanalar to‘kila boshlagan. Iguanalar - sovuqqon jonzotlar bo‘lib, harorat pasayib ketganda ularning qonida metabolizm sekinlashib, ularning tanasi harakatdan to‘xtaydi.
Dam olish kunlari Massachusets shtatining ko‘plab shaharlari elektr ta’minotidan uzilgan, shtatdagi qator aholi punktlarida kuchli yog‘inlar ortidan suv toshqinlari yuzaga kelgan.

Kanadalik minglab yuk mashinalari haydovchilari majburiy vaksinatsiyaga qarshiligini izhor qilish uchun mamlakat poytaxti Ottavaga kirib kelishdi. Yana minglab kishilar ularni qo‘llab-quvvatlagan holda shahar ko‘chalariga chiqishgan.

Norozilik aksiyasi 29 yanvar kuni hukumat AQShdan kirib kelgan yuk mashinasi haydovchilari koronavirusga emlanmagan bo‘lsa, ikki haftalik karantin o‘tashi majburiy ekani haqida qaror qilgach boshlandi.

Haydovchilar hukumat yon bermaguncha shaharda qolishlarini aytishgan. Bu vaqtda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo xavfsizlik sharoiti tufayli oilasi bilan birga Ottavadan chiqib ketgan.

Avvalroq bosh vazir ushbu haydovchilarni fikri ahamiyatsiz bo‘lgan «ozchilik marginallar» deb atagani shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kanadalik yuk mashina haydovchilarning (ular 120 mingga yaqin) 90 foizi koronavirusga qarshi ikki dozani qabul qilgan.

REUTERS/Patrick Doyle
REUTERS/Patrick Doyle
Namoyishchilar parlament atrofidagi yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan / REUTERS/Michael Chisholm

Yaqin Sharqda ham sovuq kunlar davom etmoqda.

Istanbulni qoplagan qor. Foto: Getty Images
Suriyaning Idlib shahridagi qochqinlar lageridagilar sovuqdan jon saqlamoqda.
Foto: Muhammed Said/Anadolu Agency via Getty Images
Chili shimolida noqonuniy migratsiya va jinoyatchilikka qarshi namoyish. Politsiyachilar halqasi venesuelalik migrantni namoyishchilardan himoya qilmoqda. Foto: EPA/Vostock-photo
Burkinalik ayollar Uagadugudagi konda ishlash uchun ketmoqda
Perulik ishchilar qirg‘oq bo‘yi suvlarini neft sizib ketishi oqibatlaridan tozalamoqda. REUTERS/Angela Ponce
Ishchilar Tailandning sharqiy qirg‘og‘idagi Maye Rampung sohilini suv osti quvuridan sizib chiqqan neft qoldiqlaridan tozalamoqda. REUTERS/Athit Perawongmetha
Oq uydan Maunt-Vermontga yo‘l olgan Jo Bayden vertolyoti yaqinida uchayotgan qushlar galasi. REUTERS/Joshua Robers
Afrika Kubogi chorak final o‘yini arafasida senegallik muxlislar, Yaunde, Kamerun. REUTERS/Thaier Al-Sudani
Ispaniyalik Rafael Nadal Australian Open finalidagi navbatdagi g‘alabasini nishonlamoqda. REUTERS/Asanka Brendon Ratnayake
Qishki olimpiada arafasida Pekin aeroportiga kirib kelgan yo‘lovchi maxsus himoya kiyimida. REUTERS/Phil Noble
Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan Pekinda ochilish marosimi arafasida bezatilgan daraxtlar. REUTERS/Fabrizio Bensch
1972 yilda Shimoliy Irlandiyada ro‘y bergan «Qonli yakshanba» qurbonlarini xotirlash marosimi. REUTERS/Clodagh Kilcoyne
Fransiyaning Yevropa ittifoqiga raislik qilishni boshlashi munosabati bilan yoritilgan Eyfel minorasi. REUTERS/Gonzalo Fuentes

 

Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid