Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topildi
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topildi. Bu haqda bosh prokuror matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hayot Shamsiddinov xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, Jalaquduq tumanida oila qurmagan ayol qiz chaqaloqni dunyoga keltirib tashlab ketgan, chaqaloq vafot etgan.
Hayot Shamsiddinovning xabar qilishicha, Jalaquduq tumanida yangi tug‘ilgan (qiz jinsli) chaqaloqning jasadi topilganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Urganchdagi chiqindixonadan chaqaloq murdasi topilgandi.
Xorazm viloyat prokuraturasiga ko‘ra, 1 yanvar kuni Urganch shahrida joylashgan chiqindi tashlash joyidan o‘lik holatda, yetilmagan, qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgan.
Ekspert xulosasiga ko‘ra, chaqaloq ona qornida 5,5 - 6 oy yashagan bo‘lishi mumkin, chaqaloq murdasida tan jarohatlari aniqlanmagan, chaqaloqning murdasidan olingan qon va homila yo‘ldoshida homiladorlikni jarrohlik aralashuvisiz erta tugatishda qo‘llaniladigan sintetik preparat “mifepriston” dori vositasi qoldiqlari topilgan.
Mavzuga oid
18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi
07:42 / 02.05.2025
BMT: Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi chaqaloqlarning 92 foizi asosiy oziq-ovqatdan mahrum
09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
17:07 / 03.03.2025