Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jalaquduq tumanidan topilgan chaqaloq jasadi: tafsilotlar
Jalaquduq tumanida 2004 yilda tug‘ilgan qiz jonsiz tug‘ilgan chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgan. Jasadni birinchi bo‘lib mahallada o‘ynab yurgan bolalar ko‘rib qoladi. Qiz bir qancha muddat Andijon shahrida massajchilik bilan shug‘ullanganligi ta’kidlanmoqda.
Voqea guvohlarining ta’kidlashicha, qizning otasi vafot etgan. Bir nafar opasi turmushga chiqib ketgan. Hozirda onasi bilan birga istiqomat qilayotgan bo‘lgan.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni tashlab ketilgan joyidan birinchilardan bo‘lib, qo‘shni bolalar ko‘rib qoladi va chaqaloq jasadini ko‘rganligini buvisiga yetkazadi.
«Nabiralarim aytganda ishonmadim. Kimdir qo‘g‘irchog‘ini tashlab ketgan bo‘lsa kerak degan xayolga bordim. Borib qarasam, haqiqatda chaqaloq qiz jasadi ekan. Uydan ro‘mol olib, ustini yopib qo‘ydim». «Homiladorligini yashirish maqsadida qornini bog‘lab yurganini eshitdik» deydi voqea guvohlaridan biri.
Chaqaloq topilganda shilingan, qontalash holatda bo‘lgan. Jasadni ko‘rgan qo‘shnilar ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Ish tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan va tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Prokuraturaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning 21 yanvar kuni soat 09:30 atrofida tumanning Janubiy Olamushuk shaharchasi Ittifoq mahallasidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududdan yangi tug‘ilgan (qiz jinsli) chaqaloqning jasadi tashqi tan jarohatlarisiz topilgan. Mazkur holat bo‘yicha voqea joyiga tuman prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, EKB eksperti, viloyat sud tibbiy ekspertiza mutaxassisi hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari ishtirokida hodisa joyi va chaqaloq jasadi ko‘zdan kechirilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur chaqaloqni Janubiy Olamushuk shaharchasi, Navoiy mahallasida 2004 yilda tug‘ilgan Sh.M. qizi yashash uyining yonidagi qurilishi tugallanmagan bino ichida 20 yanvar kuni soat 23:00 atrofida o‘lik holatda tuqqan. So‘ngra chaqaloqning jasadini ushbu binoning orqa tomoniga tashlab ketgan.
Chaqaloqni tashlab ketgan qizning oilasi ziyoli hisoblangan. Qizning onasi ta’lim muassasalaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Mahalla ahli qizning og‘ir-bosiq ekanligi va bir qancha muddat ko‘rinmay qolganini, uyidan uzoqda yurganini ta’kidladi. Aytish joizki, o‘qishga topshirib kira olmagan qiz Andijon shahrida massajchi bo‘lib faoliyat olib borgan.
Mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ulining ta’kidlashicha, oila “Ayollar daftari” yoki “Temir daftar”ga kiritilmagan. Oilaning yashash sharoiti yaxshi. Muammolar sababli murojaatlar qilinmagan. Qiz esa ancha vaqtdan beri deyarli mahallada ko‘rinmagan. Qiz og‘ir-bosiq bo‘lgan. Maktabni tugatgach, Andijon shahriga ketgan va uzoq muddat davomida ko‘rinish bermagan.
Tergovga qadar tekshiruvdan kelib chiqib, voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqaga kirishgan shaxs ham topilib, tegishli tartibda qonuniy jazo olinishi ta’kidlanmoqda.
Chaqalog‘ini vahshiylarcha tashlab ketgan qiz va uning onasi xonadonida bo‘lmagani uchun suhbatlashish imkoni bo‘lmadi.
Kun.uz mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini davom ettiradi.
Abduvali Qurbonov
Tasvirchi va montaj ustasi Azizbek Ismoilov.
Mavzuga oid
18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi
07:42 / 02.05.2025
BMT: Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi chaqaloqlarning 92 foizi asosiy oziq-ovqatdan mahrum
09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
17:07 / 03.03.2025