Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniy meros obektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Joriy yilning 31 yanvar kuni Senat yigirma uchinchi yalpi majlisi oldidan Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar muhokama etildi.
“Moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Hujjat sohadagi mavjud muammolarning qonuniy yechimini belgilash maqsadida Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan. Unda moddiy madaniy meros obektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, bunday toifadagi obektlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikni ifodalovchi qilmishlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish, dastlabki tergov o‘tkazishni prokuratura organlariga yuklash, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining ijro etish majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va taqdimnomalarini belgilangan muddatda to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilash nazarda tutilgan.
Shuningdek, qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Xususan, moddiy madaniy meros obektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Senatorlar ushbu qonunning ma’qullanishi mamlakatdagi moddiy madaniy meros obektlarini, umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obektlar va hududlarni muhofaza qilishda, ularning noyobligini saqlab qolishda, kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
18:38 / 28.04.2025