Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 44 ming AQSh dollarini yashirincha olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali chiqib ketayotgan fuqaro X.J. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu fuqaroning avtotransport vositasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, ruxsat etilgan me’yordan tashqari yana 44 ming AQSh dollarini olib chiqmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan va Andijon viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi chet el valutasini noqonuniy ravishda xorijga chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025