Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Obameyang bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi
«Barselona» klubi Per-Emerik Obameyang bilan shartnoma imzolanganini rasman ma’lum qildi.
Gabonlik 32 yoshli forvard «Arsenal»dan erkin agent sifatida Kataloniya klubi safiga qo‘shildi. Obameyang va «Barselona» o‘rtasida 2025 yilga qadar kelishuv imzolangan. Shartnomada tovon puli miqdori – 100 million yevro ko‘rsatilgan.
Avvalroq, London klubi gabonlik hujumchi bilan bitimni o‘zaro bekor qilgani, Obameyang yarim mavsum kataloniyaliklar safida haftasiga 5 ming yevro maosh olishi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Obameyang APL joriy mavsumida «kanonirlar» safida 14 o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol va bitta assistga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025