O‘zbekiston | 18:02 / 02.02.2022
17212
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi haydovchisi 600 dollar olayotganda ushlandi

Haydovchi boshqarmada ishlovchi tanishi orqali fuqaroni maktabga o‘qituvchilikka ishga kirgizib qo‘ymoqchi bo‘lib, 600 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ushlangan.

Foto: Getty Images

Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi haydovchisi T.N. fuqaro S.T.ning tanishi N.H.ni Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasida ishlovchi tanishi orqali Navoiy shahar 2-sonli umumta’lim maktabining rus tili fani o‘qituvchisi vazifasida ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 AQSh dollarini pora tariqasida talab qilib, ariza muallifi S.T.dan 2022 yil 29 yanvar kuni soat 11-30 larda Navoiy shahar, “Yoshlik” ko‘chasidagi “Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi” binosi oldida talab qilingan 600 AQSh dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Navoiy shahar Xalq ta’lim bo‘limi kadrlar bo‘yicha inspektor-metodisti vazifasini bajaruvchi I.U. 2022 yil 29 yanvar kuni soat 13-50larda N.T.dan talab qilingan kimyoviy ishlov berilgan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan N.T. va I.U.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Oldinroq Karmana tumani XTB mudiri chet tili o‘qituvchilariga bozor narxi 60 ming so‘m bo‘lgan kitobni 483 ming so‘mdan pullamoqchi bo‘lgani uchun vazifasidan ozod etilgandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid