Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam berish reabilitatsiya markazining 3 ta mintaqaviy filiali tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining «Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida» 2008 yil 5 noyabrdagi 240-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Bosh prokuraturaning odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga yordam ko‘rsatish, ularni himoya qilish hamda ijtimoiylashuvini ta’minlash darajasini yanada oshirish maqsadida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazining Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida mintaqaviy filiallarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hokimliklari:
- 2022 yil 1 martga qadar mintaqaviy filiallarga joylashtiriladigan shaxslarning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib, ular uchun tegishli infrastruktura va transport kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan hududdan yer maydoni ajratilishini ta’minlaydi;
- 2022 yil 1 dekabrga qadar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda mintaqaviy filiallarni foydalanishga topshirish hamda faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- mintaqaviy filiallar davlat-xususiy sherikchilik asosida yuridik shaxs sifatida tashkil etilib, bunda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi davlat sherigi sifatida xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzadi hamda xususiy sherik tomonidan mintaqaviy filiallar binosini qurish va binoga 3 yil davomida ekspluatatsiya qilish belgilanadi;
- mintaqaviy filiallarning quvvati 10 o‘rindan kam bo‘lmasligi, faoliyat ko‘rsatadigan xodimlar va mutaxassislarning shtat birliklari tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlarga muvofiq davlat budjeti hisobidan ajratilishi ko‘zda tutiladi;
- xususiy sherikka foydalanish uchun ajratilgan yer maydoni, bino (inshoot)lar, jihozlar va boshqa moddiy-tovar boyliklar davlat – xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi balansiga o‘tkaziladi;
- mintaqaviy filiallar faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro va mahalliy homiylar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Mintaqaviy filial xodimlarining cheklangan umumiy soni 16 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 3,5 shtat birligidan iborat bo‘lgan tuzilmasi tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi
15:18 / 13.04.2025