Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massasi kirib kelishi haqida ogohlantirdi
Joriy yilning 4-7 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
4 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida shamol tezligi 18-23 m/s gacha, 5-6 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6 fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 6-7 fevralda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025