Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda 4 ta yuk avtomobili yonib ketdi (Video)
Foto: FVV matbuot xizmati
Toshkent viloyati Qibray tumani “Chinobod” MFYdagi ochiq maydonda sotish uchun somon presslari ortilgan va bir-biriga yaqin joylashtirilgan 4 ta yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in bo‘yicha 2 fevral kuni soat 03:09 da FV bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida 3 ta “Gaz-53” hamda “Zil-130” rusumli yuk avtomobillari kabinasi va ularga ortilgan 200 donadan, jami 800 dona somon pressi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
“Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:42 / 01.02.2025
2024 yilda har uchinchi YTH yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘lgan
14:01 / 27.12.2024
Qibrayda Qozog‘istondan tortilgan yashirin yerosti quvuri aniqlandi
16:01 / 28.10.2024
Qibrayda bepul tibbiy ko‘rik uchun o‘qituvchilardan pul olinayotgani aytilmoqda
13:37 / 01.10.2024