Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib qariyb 1 milliard so‘m zarar yetkazgan korxonalar aniqlandi
Samarqand viloyatining Narpay va Paxtachi tumanlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib davlat va jamiyatga qariyb 1 milliard so‘m zarar yetkazganlik holatlari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda, “A.O.” oilaviy korxonasi rahbari S.I. payvandlash va boshqa uskunalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib davlat va jamiyat manfaatlariga 830,3 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Xuddi shuningdek, departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda fuqaro I.B. o‘z xonadonida toshni kesish, ishlov berish va pardozlash xizmatini ko‘rsatish uchun “F.B.” oilaviy korxonasini tashkil etib, tegirmon va boshqa uskunalarni o‘rnatib, elektr ta’minoti korxonasi ruxsatisiz, o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib foydalangani natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 133,8 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025