Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talaba va o‘quvchilarga chiptalar uchun 50 foizlik chegirmalar saqlab qolinadi
O‘qishlar an’anaviy shaklga qaytayotgan bo‘lsa ham, samolyot va poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdoridagi chegirmalar saqlab qolinadi. Avia va temir yo‘l chiptalari 7 fevralga qadar boshqa muddatga bepul almashtirib beriladi.
CCV avia hamda poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinishi haqida ma’lum qildi.
«Oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari talabalari hamda o‘quvchilari uchun avia hamda poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinadi.
Bunda, Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ta’lim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan avia hamda poyezd chiptalari xarid qilinishini tartibli ravishda talabalar va ularning ota-onalari uchun tashkil etadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Yuqoridagi vazirlik va idoralarda doimiy ishlaydigan Shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
«Umuman, hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi», deya qayd etadi SSV.
Shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasining omikron shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartiriladi.
Mavzuga oid
23:31 / 28.01.2025
“O‘zbekiston havo yo‘llari” xalqni aldadimi?
20:19 / 10.12.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» ham talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
00:26 / 24.09.2024