O‘zbekiston | 09:01 / 02.02.2022
4683
3 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi tizimi joriy qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari faoliyatini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi tizimi joriy qilinadi.

Bunda:

  • shifokorlarning yangi uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish uchun huquqiy va me’yoriy bazani yaratish,
  • davlat va xususiy CPD tashkilotlari (CPD provayderlari) uchun CPD tizimida teng ishtirokini ta’minlash va CPD o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • moliyalashtirish tizimini o‘zgartirish, bunda davlat tomonidan uzluksiz kasbiy ta’lim muassasasiga emas, balki o‘qitish uchun mablag‘ shifokorga tushadigan tamoyil asosida tashkillashtirish;
  • shifokorlarning uzluksiz malakasini oshirish sifatini ta’minlash uchun ilg‘or xalqaro amaliyot tamoyillari va Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi xalqaro standartlariga muvofiq CPD tashkilotlari va CPD dasturlari uchun akkreditatsiya standartlarini belgilashning huquqiy asoslarini yaratish;
  • CPD provayderlari tomonidan sog‘lom raqobat uchun sharoit yaratish;
  • qulay elektron boshqaruv va monitoring tizimlarini ishlab chiqish;
  • shifokorlarga o‘qish joyini tanlash huquqini berish rejalashtirilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligida Birlashgan tibbiy ta’limni muvofiqlashtiruvchi kengashi tashkil etiladi.

Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • tibbiy ta’lim tizimini takomillashtirishda zamonaviy xalqaro yondashuvlari, kreditlarni berish, ko‘chirish, to‘plash Yevropa tizimlarini hisobga olgan holda tibbiy ta’limga oid amaldagi qonunchilik hujjatlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • nufuzli xalqaro tashkilotlarning mustaqil ekspertlari bilan hamkorlikda respublikadagi tibbiy ta’lim tizimi tahlilining ijobiy natijalarini bosqichma-bosqich oliy tibbiy ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • xalqaro tajribadan kelib chiqib, tibbiy oliy ta’limining ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga o‘tish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid