Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i 190,7 million so‘mlik gaz quvurlarini talon-toroj qildi
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i 190,7 million so‘mlik gaz quvurlarini talon-toroj qilgani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda, “Muboraktumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i R.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, tuman hududidan demontaj qilinib, “B.S.” servis markaziga vaqtincha saqlab turish uchun topshirilgan 190,7 million so‘mlik 684,7 metr metall gaz quvurlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025