Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati hokimi “negativ” yozadigan jurnalist va blogerlarni mukofotlashini aytdi
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatdagi davlat xizmatchilari o‘z faoliyatida yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklar haqida xabar bergan jamoatchilik vakillarini budjet hisobidan moddiy rag‘batlantirishini ma’lum qildi.
Zarnews xabariga ko‘ra, Turdimov bu haqda 2 fevral kuni viloyatdagi kushxonalar va qassoblar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tgan.
“15 fevraldan boshlab blogerlar, jurnalistlar, jamoatchilik [vakillari]dan kim bizga “negativ” yozib kelsa, ularni manfaatdor qilamiz. Men alohida pul topib beraman, kamchilikni rasmga olib keldimi (ko‘chadagi odam olib kelsa ham bizga farqi yo‘q), tekshiramiz, tasdiqlansa, o‘sha odamga pul beramiz.
Kattaroq material bo‘lsa, ko‘proq pul beramiz. Kichikroq material bo‘lsa, kamroq pul beramiz. Chunki bu – xalqning salomatligi. [...] Medosmotrdan o‘tmagan, go‘sht sotyapti – SESni vakili ishdan ketadi, javobgarlikka torttiraman. Hech baloni qo‘ymayman, aytib qo‘yay. Qassobning o‘zini sharmandasini chiqartiraman; sudga berib, bir yilga qassobchilik qilish [huquqi]dan mahrum qildiraman.
Biror veterinariya laboratoriyasi xodimi tekshirmasdan muhr bossin qani, butun dunyoga sharmanda qildiraman. Hamma ximreaktivlarni olib kelib qo‘ymasin qani.
Shunaqa ishchi guruh qilamiz. Blogerlargayam aytinglar. Gazeta, televideniye, hammasi. Mana fakt deymiz. 15 fevraldan boshlab har hafta mana shunaqa jamoat ishida faol ishtirok etganlarni rag‘batlantirish, budjetdan qilib beramiz.
Qanday qilamiz? Masalan, mahalla raisi, budjetdan oylik oladi, to‘g‘rimi? Uchastkavoy budjetdan oylik oladi, to‘g‘rimi? Hokimlar budjetdan oylik oladi, to‘g‘rimi? Hammasi budjetdan oylik oladi, shundaymi? Veterinar, vet laboratoriya budjetdan oylik oladi, to‘g‘rimi? Shtraf! Oyligidan 30 foiz, 40 foiz shtraf qilish mumkinmi?
Hammasining shtrafi budjetga tushadi, yoki ekonom bo‘lib qoladi, o‘sha ekonom summadan bunga [kamchilik haqida xabar berganlarga] premiya yozib beramiz”, – dedi Erkinjon Turdimov.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025