O‘zbekiston | 08:52 / 04.02.2022
1145
1 daqiqa o‘qiladi

2021 yilda Qoraqalpog‘istonda korrupsion jinoyat sodir qilganlardan salkam 1,5 mlrd so‘m undirilgan

2021 yil yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVda matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Aytbay Temirxanov yil yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: IIV axborot xizmati

Vazirga ko‘ra, 2021 yilda Qoraqalpog‘istonda 66 nafar shaxs tomonidan korrupsiya va moliya sohasida 56 jinoyat aniqlangan. Buning oqibatida yetkazilgan 1 milliard 176 million 783 ming so‘mlik zarar undirilgan.

Oilaviy munosabatlardagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida notinch oilalardagi 496 janjal ijobiy yechilgan. Natijada 509 oilaning ajrashishi oldi olingan.

Aytbay Temirxanovning ta’kidlanishicha, hududlar kesimida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar joni tahlil qilingan. Unga ko‘ra, jinoyatchilik Mo‘ynoq tumanida 11 foizga, Taxiatosh tumanida 8 foizga, Ellikqal’ada tumani 5 foizga, Kegeyli tumanida 3 foizga, Bo‘zatov tumanida 2 foizga kamaygan.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda 238 nafar tibbiyot xodimining 1,5 mlrd so‘mlik pullari undirib berilgandi.

Mavzuga oid