O‘zbekiston | 22:12 / 04.02.2022
10568
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati ekologiya boshqarmalariga yangi rahbar tayinlandi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga yangi rahbar tayinlangan.

Ro‘zigul Safarova
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2022 yil 31 yanvardagi 22k-sonli buyrug‘iga asosan Ro‘zigul Safarova Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2022 yil 1 fevraldagi 25k-sonli buyrug‘iga asosan G‘anisher Ibrohimov Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

G‘anisher Ibrohimov Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
  • Ma’lumot uchun, 2021 yil 30 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Ekologiya partiyasi raisi Narzullo Oblomurodov nomzodi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullangandi. 2022 yil 25 yanvar kuni Nurota tumani hokimi Umarbek Xalilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid