Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar «doimiy propiska» tushunchasini qonunchilikdan butunlay chiqarib tashlaydigan qonunni ma’qulladi
Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
Mazkur qonunni qabul qilishdan maqsad shaxsiy hujjatlari bilan bog‘liq munosabatlarda mavjud muammo va kamchiliklarni, shuningdek, doimiy propiska bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladigan qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish, amalda bo‘lgan biometrik pasport bilan bog‘liq yangi huquqiy munosabatlar joriy qilinganligi bois qonunchilikni takomillashtirishdan iborat.
Qayd etilishicha, bugungi kunda “propiska” so‘zi ma’nan eskirgan va ushbu atama fuqarolar ongida “to‘sqinlik qiluvchi”, “erkinlikni cheklovchi” degan tushunchalarni keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan, qonun hujjatlaridagi “doimiy propiska qilish” va “turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” tushunchalari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchalariga almashtirilmoqda.
Qonun bilan prezident qaroriga asosan xorijga chiqish biometrik pasporti joriy qilinganligi sababli qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, bir qator qonunlarga biometrik pasportga oid ishlatilayotgan tushunchalar kelgusida identifikatsiya ID-kartasi bilan qo‘llanilishi sababli identifikatsiya ID-kartasi tushunchasi kiritish belgilanmoqda.
“Qonun qabul qilinishi natijasida huquqni qo‘llash amaliyotida “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” normalarining bir xilda bo‘lishi hamda bir xil ko‘rinishda qo‘llanilishiga, identifikatsiya ID-kartasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tushunchalar va huquqiy qoidalar moslashtirilishiga erishiladi”, deyiladi Senat xabarida.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025