Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pekinga yetib bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xitoy poytaxtining “Shoudu” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni ushbu mamlakatning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida boshlanadi.


Xitoy rahbari 4-6 fevral kunlari Pekinda xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o‘tkazadi.
Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyyesus bor.

Ma’lumot uchun: Olimpiya o‘yinlari 4-20 fevral kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 4-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025