Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarning har yilgi ikki haftalik qishki ta’tili bo‘yicha yangi taklif ma’qullanadi
Prezidentning “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning har yilgi qishki ta’tili to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining dekabr oyi oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyi birinchi o‘n kunligi oralig‘ida O‘zbekiston professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish bo‘yicha takliflari ma’qullanadi.
Belgilanishicha, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari mavjud sharoitdan kelib chiqib o‘quvchi va talabalarga ta’til berish muddatini o‘zgartirish huquqiga ega.
Tizimida davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari bo‘lgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari:
- qishki ta’tilni uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan zarur choralar ko‘radi;
- kunduzgi ta’lim shaklidagi ta’lim tashkilotida ta’lim oluvchilar va o‘quvchilarning doimiy istiqomat joylariga borib kelishiga yordam beradi;
- ta’til davrida maktablar, oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ular filiallarining pedagogika sohasidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi, o‘quvchilar va talabalar bilan ishlashning darsdan tashqari faol usullarini, shuningdek pedagog xodimlar malakasini oshirishni, oliy ta’lim muassasasining sohasiga muvofiq turli maslahat yordami berishni ko‘zda tutadi.
Belgilanishicha:
a) Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan airways” AJ ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining qishki ta’tilni e’lon qilish haqidagi buyruqlari va buyurtmanomalari asosida qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avvaldan boshlab chipta to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma to‘lovi asosida respublika ichida harakatlanuvchi tezyurar va yo‘lovchi (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) poyezdlariga hamda mahalliy aviareyslarga chiptalar sotuvini tashkil etadi;
b) o‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun ham imtiyozli chiptalar taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining o‘quvchi va talabalarning qishki ta’tilda harakatlanish grafigini muvofiqlashtirish maqsadida yashash joyi respublikaning bir mintaqasida, ta’lim olish joyi esa boshqa mintaqasida bo‘lgan o‘quvchi va talabalar haqida maxsus elektron platformani (www.e-holiday.uz) yaratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Mavzuga oid
16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi
19:43 / 17.03.2025
Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi
18:10 / 10.01.2025
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi
16:40 / 18.12.2024