Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini o‘rganish maqsadida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi
Mintaqaviy energotizimda ro‘y bergan nosozliklar sabab, respublika bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘ldi va tabiiyki ushbu holat Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi faoliyatiga ham salbiy ta’sir o‘tkazdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida tuzilgan “Vaqtinchalik shtab” a’zolari tomonidan elektr ta’minoti tiklangach, boshqarmalar hamda zavodlar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rildi hamda tizimdagi korxonalar faoliyati to‘liq tiklandi.
Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” joylarda tizim korxonalari faoliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilishi va uglevodorodlar qazib chiqarishni to‘liq tiklash faoliyatini jadallashtirish, maqsadida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 30 ta neft-gaz konlaridagi 586 ta quduqlardan uglevodorodlar qazib olish to‘liq qayta tiklanib, qurilmalarda texnologik jarayonlar qayta yo‘lga quyilgan bo‘lib, tashrif davomida qurilmalarning ish holati o‘rganildi.
“Shimoliy Dengizko‘l” konidagi kapital ta’mirlangan va hozirda o‘zlashtirilayotgan 6-sonli quduqdagi kapital va joriy ta’mirlanayotgan quduqlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” boshqarma tasarrufidagi “Dengizko‘l” konidagi past bosimdan yuqori bosimga ko‘tarib beruvchi siquv kompressor stansiyasining qurilish jarayoni bilan tanishib chiqdi.
Qurilish maydonida – kompressor stansiya uchun keltirilgan va yetkazib berilayotgan ehtiyot qismlar, jihozlar, asbob-uskunalar o‘rnatilishi, montaj ishlari o‘rganib chiqildi.
Boshqaruv raisi tushlik vaqtida ishchi-xodimlar bilan suhbatda bo‘lib, ularning yashash, ovqatlanish, maxsus kiyim bilan ta’minganlik, oilaviy ahvoli kabi masalalarni o‘rgandi. Ular bilan tushlik davomida mavjud muammolarni bartaraf etish uchun Boshqarma boshlig‘iga ko‘rsatmalar berildi.
Dastur asosida qurilishi olib borilayotgan “Dengizko‘l” siquv kompressor stansiyasining Pudratchi tashkilot rahbar va ijrochilari tomonidan obektlarda olib borilayotgan qurilish ishlari va holati bo‘yicha hisoboti tinglanib, stansiyani qisqa muddatda sifatli ishga tushirish, barcha imkoniyatlarni jalb qilish, muammoli masalalar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi va o‘z vaqtida ishlarni yakunlash vazifasi yuklatildi.
“Alan” koniga bo‘lgan tashrif davomida “Alan” siquv kompressor stansiyasining ishchi holati bilan yaqindan tanishilib 2022 yil ushbu stansiyadagi gaz haydash agregatlarini modernizatsiya qilish hamda texnologiya yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, ushbu ishlarni jadallashtirish bo‘yicha boshqarma rahbariyati va tegishli departament boshliqlariga ko‘rsatmalar berdi.
Bundan tashqari sayyor yig‘ilish tashkil etilib bunda, 2022 yilda Boshqarma bo‘yicha uglevodorodlar qazib chiqarishni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan geologo-texnik tadbirlar, xususan quduqlarni burg‘ilashdan ishga tushirish, quduqlarni kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari hamda texnologik obektlarni ishga tushirish yo‘nalishlaridagi rejalar taqdimoti o‘tkazildi.
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan 2022 yilda bajarilishi mo‘ljallangan geologik-texnik chora-tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Uglevodorodlar qazib chiqarishni yanada oshirish maqsadida 2022 yil yakuniga qadar 289 ta geologik-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan (39 ta yangi gaz quduqlarini burg‘ilashdan ishga tushirish, 240 ta qazib chiqarish quduqlarida kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarini olib borish va 10 ta texnologik obektlarni ishga tushirish) bo‘lib, buning natijasida 2022 yil yakuni bilan boshqarma bo‘yicha jami 15,9 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqarish rejalashtirilgan.
Ayniqsa, yangi quduqlarni burg‘ilashda uning joylashgan joyi, atrofida ishlayotgan quduqlar holati, konning amaldagi geologik va gidrodinamik modellarini chuqur o‘rganib chiqqan holda burg‘ilash ishlarini boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
2022 yilda Muborak boshqarmasiga tegishli konlarda va maydonlarda bajarilgan geologiya-qidiruv ishlarining bugungi holati, yil yakuniga qadar uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar va ulardan kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.
Muborak regionida “Dengizko‘l” konlari atrofida 531 kv. km hajmda 3D seysmik qidiruv ishlari bajarish, 8 ta yangi maydonlarda izlov burg‘ilash ishlarini boshlash, 62,400 ming pogon metr hajmda izlov-qidiruv burg‘ilash ishlarini amalga oshirish, 23 ta quduq qurilish bilan tugatish va tabiiy gaz zaxiralari 12,0 mlrd kub metrga, suyuq uglevodorod zahiralari 280,0 ming tonnaga o‘stirish rejalashtirilgan.
Ushbu hududda tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini bajarishga ko‘maklashish maqsadida tugatilgan quduqlar majmuasi bilan ishlash va bu orqali yangi izlov-qidiruv va ishlatish quduqlarini burg‘ilash hamda kapital ta’mirlash ishlarini bajarish uchun takliflar ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatiⓉ
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024