Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosarlaridan biri pora bilan qo‘lga tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi tumanlardan birida hokim o‘rinbosari qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida hokim o‘rinbosarlaridan biri pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarda qo‘lga tushgan o‘rinbosar viloyat hokimi yoki tuman hokimlaridan birining o‘rinbosarimi bunga oydinlik kiritilmagan.
Hodisa yuzasidan viloyat hokimligi axborot xizmati izoh berdi. Unda bildirilishicha, pora bilan qo‘shgan shaxs tuman hokimlaridan birining o‘rinbosari.
"Ijtimoiy tarmoqlarda “Hokim o‘rinbosari qo‘lga tushdi, u viloyat yoki tuman hokimi o‘rinbosari ekani aniq emas" mazmunida e’lon qilingan xabar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, haqiqatdan ham viloyatimizdagi bir tuman hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgan. Bu bo‘yicha tegishli organlar tez orada to‘liq axborotni ma’lum qiladi”, deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati rahbarining izohida.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha pora bilan qo‘lga tushgan shaxs Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosarlaridan biri.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
10:53 / 22.04.2025