Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayiq qafasidan olib chiqilgan qizaloq 18 yoshigacha tibbiyot markazi nazoratida bo‘ladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ayiq qafasidan olib chiqilgan qizaloqning salomatligi 18 yoshga to‘lguniga qadar nufuzli tibbiyot markazi nazoratida bo‘lishini ma’lum qildi. Vazirlik matbuot xizmati shifoxonada bir necha kundan beri muolaja olayotgan qizaloqning holati bo‘yicha ma’lumot berdi.
«2018 yilda tug‘ilgan bemor Z.A. shu yilning 29 yanvarida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar bo‘limi qabulxonasiga «Tez yordam» mashinasida olib kelingan edi.
Shundan so‘ng unda standart bo‘yicha nevrologik, ultratovush va bosh miya MSKsi kabi qator tekshiruvlar amalga oshirilib, qizaloq bolalar reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va tegishli mutaxassislar ishtirokida zarur davo choralari ko‘rilgan. Uning umumiy ahvoli yaxshilangach, boshqa bo‘limga o‘tkazilgan.
Hozir bemor tibbiyot xodimlari nazorati ostida rejali muolajalarni davom ettirmoqda. Sog‘ligi kundan kunga tiklanib boryapti.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi bemor qizaloq Z.A.ning 18 yoshga to‘lguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipovni shaxsan mas’ul etib belgiladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan. Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangandi.
Mavzuga oid
16:59 / 05.04.2025
Parkentda sherlar qurboni bo‘lgan qorovul ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
16:41 / 24.02.2025
Toshkentda uchib yurgan kalxat hayvonot bog‘iga qaytarildi
13:39 / 14.02.2025
Nyu York hayvonot bog‘i pingvin va jirafalar tomonidan chizilgan rasmlarni kimoshdi savdosiga qo‘yadi
23:58 / 17.12.2024