O‘zbekiston | 22:44 / 07.02.2022
7357
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada Lacetti yo‘ldan chiqib ketdi

Foto: YHXBB matbuot xizmati

7 fevral kuni soat 10:00 larda, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hududidan o‘tuvchi 4P-148A avtomobil yo‘lining 3-kilometrida haydovchi Sh.A. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib, YTH yuzaga kelgan. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid