Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:24 / 07.02.2022
14890
1 daqiqa o‘qiladi
Makron Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga keldi
Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan Ukraina atrofidagi vaziyatni yumshatish bo‘yicha fikr almashadi.
Foto: RIA Novosti
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Moskvaga keldi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi.
Kremlning ma’lum qilishicha, Fransiya rahbari rossiyalik hamkasbi bilan Ukraina atrofidagi vaziyatni yumshatish bo‘yicha fikr almashadi.
Politico gazetasining yozishicha, prezident Makron Ukraina inqirozini hal qilish masalasida tinchlik kelishuviga erishishni mo‘ljallamoqda.
8 fevral kuni Fransiya prezidenti Ukrainaga boradi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish