Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik migrantlar Rossiyada berilgan patentlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
Bu Rossiya Ichki ishlar vazirligining migratsiya holati bo‘yicha ko‘rsatkichlaridan ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan yili Rossiyada berilgan ishlash uchun patentlarning yarmidan ko‘pi O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ri keladi. Ularning soni 1 316 569 taga yetdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 2 million 221 ming 826 ta mehnat patenti berilgan, shundan 1 million 316 ming 569 tasi O‘zbekiston fuqarolari, 787 mingtasi Tojikiston fuqarolari, qariyb 65 mingtasi Ozarboyjon fuqarolari tomonidan olingan.
Bundan tashqari, Ukraina (37 ming) va Moldova (17 ming) fuqarolari ham patentlarni rasmiylashtirgan.
2021 yilda Rossiyada migrantlar uchun berilgan mehnat patentlari soni deyarli ikki baravar ko‘paydi. Bundan tashqari, o‘tgan yili chet el fuqarolariga ishlash uchun berilgan ruxsatnomalarni rasmiylashtirish soni ham oshdi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025