Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi siqilgan gaz quyish shoxobchasida “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketdi
Yong‘in oqibatida “Kamaz” yuk mashinasining saloni va bort qismi yonib zararlangan.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 7 fevral kuni soat 13:40 larda Samarqand-Qarshi avtomobil yo‘lining Chiroqchi tumani “Guliston” MFY hududidan o‘tgan 80-kilometrida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida “Kamaz”-53212 rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, soat 13:47 da 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, soat 13:49 da yong‘in qurshab olingan va soat 14:10 da bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida yuk mashinasining salon va bort qismi yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq, M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan o‘tgan qismida lok-buyoq ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgandi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025