O‘zbekiston | 08:53 / 08.02.2022
24967
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati hokimi yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazgani yuzasidan tekshirish boshlandi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov yakshanba kuni to‘rtta tumanda yig‘ilish o‘tkazdi. Mazkur holat Kun.uz’da yoritilgach, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vaziyat yuzasidan tekshirish boshlanganini ma’lum qildi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

6 fevral kuni Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida viloyat hokimi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, mahalla raislari va hokim yordamchilari yig‘ilishga chaqirilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Mazkur vaziyat yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari maxsus tekshirish va rasmiylashtirish ishlarini olib bormoqda. Natija haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi vazirlik munosabatida.

Mavzuga oid