Kreml mashg‘ulotlardan so‘ng Belarusdagi qo‘shinlar olib chiqib ketilishini bildirdi
Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarning olib chiqib ketilish sanasi hozircha aniq emas.
Mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Belarusga kelgan Rossiya qo‘shinlari u yerda qolishi to‘g‘risida hech qachon gap bormagan, ular mashg‘ulotlardan so‘ng o‘z joylariga qaytadi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
U Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga mashg‘ulotlardan so‘ng Belarusdagi 30 ming nafar harbiyni olib chiqib ketishga va’da bergani to‘g‘risidagi xabarga ana shunday izoh berdi.
"Gap ittifoqchilik mashg‘ulotlari to‘g‘risida bormoqda va tabiiyki, mashg‘ulotlar yakunlanganidan so‘ng qo‘shinlar doimiy joylariga qaytadi", - dedi Peskov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qo‘shinlarning olib chiqib ketilish sanasi hozircha aniq emas.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya Belarusga 30 ming harbiy va «Iskander» majmualarini jo‘natganini aytgandi.
Mavzuga oid
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
16:43 / 21.11.2024
Rossiya Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi - UHK
15:39 / 21.11.2024
So‘rovlar: Ukraina va Rossiyada ko‘pchilik tinchlik muzokaralarini xohlayapti
22:12 / 20.11.2024