Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bolalarimning boshiga otasi tuzalib ketsin”: o‘smadan aziyat chekayotgan oila mushkul ahvolda
“Ikki oyog‘im ishlamaydi. 8 yildirki joyimdan turolmayman. Oyoqlarim mutlaqo o‘zimga bo‘ysunmaydi” deydi umrining har nafasi alam va iztirobda o‘tayotgan bemor.
O‘sma kasalliklari... Hammamiz bu so‘zni eshitganda seskanamiz. Bu kulfatga duch kelganlarga naqadar qiyin ekanligini shuning o‘ziyoq ifodalaydi.
Buxoro viloyatining Jondor tumanidan bizga murojaat qilgan 35 yoshli Baxtiyor Jumayev 9 yildirki orqa miya xastaligi bilan davolanib keladi. Og‘ir dard unga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi: 1-guruh nogironiga aylantirib, nogironlik aravachasiga mixladi. Ikki farzandni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oila bugun boquvchisiz, og‘ir ahvolda qolgan. Ham oila tebratish, ham bemor parvarishi yolg‘iz oila bekasining zimmasida.
Umrining zalvorli damlari bemorlikda kechayotgan bemorning har nafasi alam va iztirobda. Buni uning so‘zlari ifodalaydi: “Ikki oyog‘im ishlamaydi. 8 yildirki joyimdan turolmayman. Oyoqlarim mutlaqo o‘zimga bo‘ysunmaydi”.
“Turmush o‘rtog‘im 2013 yilda shu murakkab dardga chalindi. Olib bormagan joyimiz, ko‘rsatmagan shifokorimiz qolmadi. Uning dardiga faqat Hindistonda qilinadigan operatsiya orqali davo topish mumkin ekan. Bu operatsiya uchun esa mablag‘imiz yo‘q.
Ikki bolamning boshiga otasi tuzalib ketishini so‘rayman” deydi bemorning turmush o‘rtog‘i Gulruh Hamdamova.
Oila boshiga tushgan tashvishdan bolalarning ko‘zlarida qayg‘u, ota-onaning qalbida alam mujassam. Bu murakkab kasallikni jiddiy neyroxirurgik operatsiya yordamida yengish mumkin. O‘zganing dardiga malham bo‘lishni o‘zining amallariga aylantirganlar buni javobsiz qoldirmasliklariga aminmiz.
UnionPay: 6262910014532493 bemor Baxtiyor Jumayev nomida.
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025