Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JPKga so‘roq jarayoni va natijasini soddalashtirilgan tartibda qayd etish normasi kiritiladi
"O‘zbekiston Jinoyat–protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Jinoyat–protsessual kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ishning ayrim holatlarini inobatga olib, so‘roq qilish jarayoni va natijalari ovoz yozish va videoyozuvdan foydalangan holda soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda ovoz yozish va videoyozuv bayonnomaga ilova qilinishi shart.
So‘roq qilish jarayoni va natijalari soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan hollarda yuqoridagi asoslarga ko‘ra, so‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlari qayd etilgan ovoz yozish va videoyozuv namoyish etilishi mumkin.
So‘roq jarayonida surishtiruvchi, tergovchi va sud, shuningdek sud muhokamasida taraflar ishga qo‘shib qo‘yilgan yoki taraflar ixtiyorida bo‘lgan narsalar va hujjatlarni so‘roq qilinuvchiga ko‘rsatishlari, shuningdek bu hujjatlarni o‘qib eshittirishlari, audio- va videoyozuvlar eshittirilishi (namoyish etilishi) mumkin.
So‘roq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qaysi narsa yoki hujjat ko‘rsatilganligi, hujjat matnining yoki tergov harakatining bayonnomasining qaysi qismi va uning kim tomonidan o‘qib eshittirilganligi, narsa, hujjat yoki bayonnomani ko‘rsatish, audio- va videoyozuvlar eshittirilishi (namoyish etilishi) vaqtida qanday savollar berilganligi va bunga javoban so‘roq qilinuvchi qanday ko‘rsatuvlar berganligi aniq aks ettirilishi kerak.
Kodeks so‘roq jarayoni va natijalarini soddalashtirilgan tartibda qayd qilish haqidagi 106-1-modda bilan to‘ldiriladi.
So‘roq jarayoni va natijalari ovoz yozish va videoyozuvga qayd etilib, soddalashtirilgan tartibda qisqa bayonnoma tuzish orqali rasmiylashtirilishi mumkin.
Bayonnomada so‘roq qilingan sana va joy, tergov harakatining boshlanish va tugash vaqti, tergov organining nomi, tergov harakati ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ovoz yozish va videoyozuv vositalaridan foydalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, videoni o‘z ichiga olgan fayl nomi, ko‘rsatuvlarning umumiy mazmuni, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan dalil sifatida taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar ishga qo‘shilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Bayonnoma so‘roq qilgan shaxs hamda protsess ishtirokchilari tomonidan imzolanadi, ovoz yozish va videoyozuv bayonnomaga ilova qilinishi shart. So‘roq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga ko‘ra bayonnomaga imzo qo‘yilguniga qadar yozilgan ovoz va videoyozuv namoyish qilinishi mumkin.
Quyidagi hollarda so‘roq qilish jarayoni va natijalari soddalashtirilgan tartibda qayd qilinishi mumkin emas: so‘roq qilinuvchi rozi bo‘lmagan taqdirda; ovoz yozish va videoyozuv moslamalari texnik nosoz bo‘lganda; so‘roq qilinuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishi lozim bo‘lgan hollarda.
Ish ayblov xulosasi bilan, yarashuv to‘g‘risidagi ishni tasdiqlash uchun prokurorga yuborish haqida qaror bilan, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni dastlabki tergov tamomlangan hisoblanadi.
Dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, yarashuv to‘g‘risidagi ishni tasdiqlash uchun prokurorga yuborish haqida qaror chiqarish, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi.
Mavzuga oid
14:50 / 27.02.2025
IIBdan yana o‘lik chiqdi: Uzundagi qotillik ishi doirasida so‘roqqa olib ketilgan fermer vafot etdi
07:38 / 13.12.2021
Voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilishda psixolog ishtirok etishi belgilandi
13:34 / 02.11.2021
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilish davomiyligi 4 soatdan oshmasligi belgilanadi
22:12 / 24.07.2019