Jahon | 20:14 / 09.02.2022
10481
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar parhez inson umrini 10 yilga uzaytirishi mumkinligini aniqlashdi

Mutaxassislar yog‘li va sho‘r taomlar, qizil go‘sht, yarim fabrikatlar va shirinliklardan voz kechish, dukkaklilar, sarxil meva-sabzavotlar, yong‘oqlarni iste’mol qilishni aytishmoqda.

Foto: Getty Images

Norvegiyaning Bergen universiteti olimlari zararli yemishlardan voz kechish inson umrini sezilarli darajada uzaytirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari PLOS Medicine jurnalida chop etildi.

«Turli oziq-ovqat mahsulotlarining foydali xususiyatini bilish salomatlikni yaxshilash, o‘z navbatida, umrni uzaytirishga yordam beradi», — dedi olim Lars Fayanse.

Mutaxassislar bir necha ming nafar erkak va ayollar ishtirok etgan tadqiqotni o‘rganib chiqishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yog‘li va sho‘r taomlar, qizil go‘sht, yarim fabrikatlar va shirinliklardan voz kechish salomatlikni yaxshilaydi.

Ular o‘rniga dukkaklilar, sarxil meva-sabzavotlar, yong‘oqlarni o‘z ichiga oluvchi sog‘lom ovqatlanishga o‘tish lozim. Natijada umr davomiyligi 10 yilga uzayishi mumkin, deya xulosa qilgan olimlar.

Mavzuga oid