Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 4 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tadigan poyezd birinchi reysi amalga oshirildi
Joriy yilning 5-7 fevral kunlari 654/653-sonli yo‘lovchi poyezdlar “Qo‘ng‘irot – Namangan – Andijon – Qo‘ng‘irot” yo‘nalishida birinchi reysni amalga oshirdi.
Bunday uzoq masofaga harakatlanadigan poyezdlar qatnovi mamlakatda ilk bora yo‘lga qo‘yildi. Qo‘ng‘irotdan mazkur poyezdda yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar respublikaning Xo‘jayli, Nukus, Uchquduq, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Guliston, Toshkent, Namangan shaharlaridan o‘tib, Andijon shahriga, shuningdek, Andijondan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar ham ushbu shaharlar orqali o‘tib Qo‘ng‘irotga yetib boradi.
Mamlakatning 8 ta hududini o‘zaro bog‘laydigan bunday transport qatnovini yo‘lga qo‘yishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - yo‘lovchilarga, ayniqsa, Qoraqalpog‘istonda istiqomat qilayotgan fuqarolarning vodiy viloyatlariga, shuningdek, vodiy viloyatlari hamda respublika boshqa shahar va tumanlaridan Orolbo‘yi hududlariga borib kelish uchun arzon va qulay transport xizmatlarini ko‘rsatish.
Poyezdlar harakat jadvaliga ko‘ra, shanba kunlari Qo‘ng‘irotdan, yakshanba kunlari Andijondan qatnovini amalga oshiradi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilar talablariga qarab, kelgusida ushbu yo‘nalishda poyezdlar qatnovini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025