O‘simlik yog‘i importi bo‘yicha QQSdan ozod qilish muddati uzaytirildi

Foto: RIA Novosti
“Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, avtomobillar elektron auksion orqali ijaraga berilganda shartnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
Shuningdek, quyidagilarning qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi:
O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.
Ilgari bu muddat 2021 yil 31 dekabrgacha edi.
Avvalroq, Senat yalpi majlisida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga berilgan imtiyozlar davri tugagach, may-dekabr oylarida narxlar oshmasligi borasida qanday choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilingandi.
Yanvar oyining birinchi haftasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yilda ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Yil davomida qishloq xo‘jaligi sohasida ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:56 / 18.03.2025