O‘zbekiston | 07:33 / 10.02.2022
4299
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon tillari universitetiga 6 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Sergeli tumanida fuqaroni universitetga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro D.M. boshqa bir fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid