O‘zbekiston | 08:02 / 11.02.2022
4244
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi tunnelda harakatlanish bir oyga qisman cheklandi

Toshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi tunnelda harakat qisman cheklandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 11 fevralidan bir oy davomida Abdulla Qodiriy ko‘chasidan o‘tgan tunnelda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

Rekonstruksiya davomida tunnelning 2 tomonidagi 3 ta yo‘nalishning faqat bittadan yo‘nalishi navbatma-navbat avtomobillar harakatlanishi uchun yopiladi. 

Ma’lum qilinishicha, haydovchilar qolgan 2 ta yo‘nalishda harakatlanishi mumkin.

Avvalroq, Toshkentdagi O‘sh ko‘chasining bir qismi 11 fevraldan aprelgacha yopilishi xabar berilgandi. 

Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumanining O‘sh ko‘chasi bo‘ylab Qorasuv kanali ustidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li ko‘prigi rekonstruksiya qilinadi. 

Mavzuga oid