Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Afg‘onistonning AQSh banklaridagi 7 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ydi
Mablag‘larning yarmi afg‘on xalqining gumanitar ehtiyojlari uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan, qolgan qismi esa teraktlar qurbonlarining oilalariga kompensatsiya sifatida beriladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistonning Amerika banklaridagi 7 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Ma’lum qilinishicha, Amerika banklarida saqlanayotgan Afg‘oniston aktivlari Nyu-York federal zaxira bankidagi yagona trast fondiga o‘tkaziladi.
Bu mablag‘larning yarmi sudning tegishli qaroridan so‘ng afg‘on xalqining gumanitar ehtiyojlari uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Qolgan 3,5 milliard dollar esa AQShda qoladi va terrorchilik hujumlari, jumladan, 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlar qurbonlarining oilalariga kompensatsiya sifatida beriladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025