Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda liftda ayolga pichoq bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi
2022 yilning 7 fevral kuni soat 21:40 larda Toshkent shahri, Tuzel 2-dahasi 12V-uyda yashovchi 21 yoshli X.M. o‘zi istiqomat qilayotgan uyining yaqinida joylashgan oziq-ovqat do‘konidan mahsulotlarni xarid qilib qaytayotgan bo‘lgan.
Foto: Tergov departamenti
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u yashash xonadoniga chiqish uchun uy liftiga kirib, 7-qavat raqamini bosgan vaqtida uning ortidan noma’lum bo‘lgan shaxs kirib kelib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitgan.
Qayd etilishicha, bu shaxs ayolning qo‘lida bo‘lgan bahosi 3 500 000 so‘m miqdoridagi 2 dona tilla uzukni kuch ishlatib yechgan vaqtida lift 7-qavatga yetib kelib to‘xtagan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchi ushbu shaxsdan qochish maqsadida baland ovozda fuqarolarni yordamga chaqirishni boshlagani va noma’lum shaxs liftdan chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 49 yoshli A.A. sodir etgani aniqlanib, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 2 dona tilla uzuk uning yonidan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, u protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:55 / 20.05.2025
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
18:07 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
09:32 / 01.04.2025
Toshkentda lift ichida qulflanib qolgan bola qutqarildi
16:46 / 12.03.2025