Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimi va hamshira pora olayotganda qo‘lga olindi
Foto: Prokuratura departamenti
Ular o‘zaro til biriktirib, ishga kiritib qo‘yish evaziga fuqarodan 700 AQSh dollari talab qilishgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Namangan viloyati perinatal markazi hamshirasi M.S. fuqaro F.ni Sog‘liqni saqlash boshqarmasida ishlovchi tanishi orqali Kardiologiya shifoxonasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Namangan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli “Maxsus zaxira bazasi” bo‘limi mudiri o‘rinbosari A.A. hamshira M.S.dan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
14:18 / 15.05.2025