Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyat XTB mutasaddisi internat direktori lavozimi uchun 13 ming dollar so‘radi
Ular fuqaroni 13 ming dollar evaziga ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar maktab internati direktorligiga tayinlamoqchi bo‘lishgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, Sho‘rchi tumanidagi ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab internati direktorining o‘rinbosari U.Ya. fuqaro B.ning ishonchiga kirib, uni 13 ming dollar evaziga XTBda ishlovchi tanishi orqali o‘zi ishlaydigan internatga direktor lavozimiga tayinlatib berishni va’da qilib, shundan 5 000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i B.E. 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025