O‘zbekiston | 10:58 / 14.02.2022
7640
2 daqiqa o‘qiladi

Tanqiddan so‘ng Orol qishlog‘ida amaliy ishlar boshlab yuborildi

Kun.uz saytida «E’tibordan chetdagi manzil: Dang‘aradagi Orol qishlog‘ining adoqsiz muammolari» sarlavhasi ostidagi surishtiruv maqolada Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Orol qishlog‘idagi ichimlik suv, yo‘l ta’miri, elektr ta’minoti, tabiiy gazdagi muammolar hamda qishloqda bog‘cha, maktab, qishloq vrachlik punkti, madaniy hordiq chiqarish maskanining mavjud emasligi tanqid ostiga olingan edi.

Foto: Dang‘ara tuman hokimligi

Maqola e’lon qilingach, Dang‘ara tumani hokimi Shuhrat Tojihakimov mas’ul korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari bilan Orol qishlog‘ida bo‘lib, aholi bilan muloqot qilgan.

Foto: Dang‘ara tuman hokimligi

Tuman hokimi Orol qishlog‘ida sharoitlarni yaxshilash uchun yangi transformator punkti o‘rnatilib, elektr uzatish tarmoqlari qurilishi, yangi ichimlik suv tarmog‘i tortilib, mavjud suv qudug‘i hamda suv minorasi qayta ta’mirlanishi, ichki yo‘llar asfaltlanishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, hududda davlat xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta’kidlagan.

Foto: Dang‘ara tuman hokimligi

«Farg‘ona HETK» AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, qishloqqa yangi temir-beton tayanchlari yetkazilib, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar boshlangan.

Mavzuga oid