Kanada hukumati tarixda ilk bor favqulodda vaziyat to‘g‘risidagi qonunni qo‘lladi
Favqulodda vaziyat to‘g‘risidagi qonun 34 yil avval qabul qilingan, ammo hech qachon qo‘llanmagandi.

Foto: Reuters
Kanada hukumati tarixda birinchi marta favqulodda vaziyat to‘g‘risidagi qonunni qo‘lladi. Ushbu qonun yordamida yuk mashinalari haydovchilarining karantin cheklovlariga qarshi noroziliklarini to‘xtatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, qonun vakolatlari Ottava va namoyishlar ishtirokchilari to‘siqlar qurib olgan boshqa shaharlar talablariga muvofiq holda cheklanadi.
Tryudo favqulodda vaziyat to‘g‘risidagi qonun butun mamlakat bo‘ylab huquqni muhofaza qiluvchi organlarni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llanilishini aytdi.
"Gap kanadaliklar xavfsizligini ta’minlash, ish joylarini himoya qilish to‘g‘risida bormoqda", - dedi u.
Kanadada uzoq masofaga yuk tashuvchi haydovchilar anchadan buyon karantin cheklovlariga qarshi norozilik bildirib namoyishlar o‘tkazmoqda. 7 fevral kuni Ottavada namoyishlar tufayli favqulodda holat rejimi joriy etildi. Shahar hokimiyati namoyishlar Ottava aholisi xavfsizligiga tahdid uyg‘otmoqda, degan fikrda.
Kanadada favqulodda vaziyat to‘g‘risidagi qonun 1988 yilda qabul qilingan. Qonun ilgari hech qachon qo‘llanilmagan, chunki u eng so‘nggi chora hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
Mavzuga oid

18:21 / 03.04.2025
AQSh Senati Kanada tovarlariga bojlarni bekor qilish uchun ovoz berdi

08:50 / 03.04.2025
Kanada bosh vaziri: AQShning yangi bojlari global savdoni o‘zgartiradi

08:07 / 28.03.2025
«AQSh bilan oldingi munosabatlar tugadi» - Kanada bosh vaziri

20:54 / 26.03.2025