Jamiyat | 19:59 / 15.02.2022
505
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida 20 gektar sug‘oriladigan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U Mirzaobod tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 20 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 80 million so‘m evaziga fuqarolardan biriga rasmiylashtirib berishini aytgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Sardoba tuman bo‘limi, DXX Oqoltin tuman bo‘limi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Tadbirda, fuqaro M.K. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Mirzaobod tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 20 gektar sug‘oriladigan yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berish evaziga 80 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid