O‘zbekiston | 11:47 / 16.02.2022
703
1 daqiqa o‘qiladi

Kattaqo‘rg‘onda tadbirkorlarga bosh pudratchilikni olib berishni va’da qilgan sobiq raisga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Kattaqo‘rg‘on shahar jamiyati raisi bo‘lgan davrida tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularning pullarini o‘zlashtirgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda aniqlanishicha, fuqaro B.M. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Kattaqo‘rg‘on shahar jamiyati raisi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan davrida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularga ijtimoiy obektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha bosh pudratchilikni olib berishni va’da qilgan.

So‘ng “B-K.” MChJ rahbarining 9 000, “U.B.” MChJ rahbarining 6 100 va “D.I.” MChJ rahbarining 3 000 dollarini qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid