Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniy meros obektlariga zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga (Moddiy madaniy meros obektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) o‘zgartirishlar kiritildi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdori 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
18:38 / 28.04.2025