O‘zbekiston va Pokiston transafg‘on yo‘lagini qurish loyihasini muhokama qildi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Pokiston tijorat vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammad Solih Faruqiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasi yuzasidan kelishishni jadallashtirish tadbirlari muhokama qilindi.
Pokiston bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida (2021 yil 15-16 iyul) imzolangan tranzit va savdo to‘g‘risidagi bitim shartlarini amalda joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi.
“Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.
Pokiston ishbilarmon delegatsiyalarining sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etishga kelishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan munosabatlarning barcha sohalarida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
15:29 / 20.11.2024
O‘zbekiston Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini o‘rganmoqda
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024