Namanganda 1-sinf o‘quvchilarini izza qilgan o‘qituvchi ishdan olindi
U 6 nafar o‘quvchini uyga vazifani qilib kelmagani sabab turg‘izib qo‘yib qolgan o‘quvchilarga “uyat” deb gapirtirib, o‘z telefoniga tasvirga olgan.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, mazkur holat Uchqo‘rg‘on tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-“v” sinfida yuz bergan.
Ushbu sinf rahbari Shahnoza Madrahimova o‘qish darsi paytida sinfdagi 6 nafar o‘quvchi uy vazifasini tayyorlamagani va daftarlari qolib ketgani sababli bunday holat qaytarilmasligi va boshqa o‘quvchilarga saboq bo‘lishi uchun doska oldiga chiqarib, qolgan o‘quvchilarga “uyat” deb gapirtirib, izza qildirgan. Bu jarayonlarni o‘zi uyali telefoniga tasvirga olib, ikki nafar o‘quvchi ota-onasining telegramiga yuborgan.
Qayd etilishicha, Shahnoza Madrahimova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga ko‘ra, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun ta’lim muassasasi direktori Oybek Mo‘ydinov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yashin Abdug‘ofurovlarga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mahbuba Imomova jiddiy ogohlantirilgan.
“Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi ta’lim-tarbiya borasida bunday holatlarni qo‘llash umume’tirof etilgan mezonlarga mutlaqo zid deb baholaydi hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi chora-tadbirlarini ko‘rib boradi”, – deyiladi munosabatda.
Avvalroq, Marhamat tumani 72-IDUM o‘qituvchilari o‘quvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi pastligi uchun ota-onalar qarshisida kechirim so‘rashga majbur qilingan.
Uning ortidan tuman hokimi o‘rinbosari, tuman XTB mudirasi va maktab direktori ishdan olingan, tuman hokimiga esa hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan edi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024