Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Rossiya bilan chegarada devor qurmoqchi
Polsha Rossiya bilan chegarada devor qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Voysex Skurkevichning bayonotiga asoslanib, PAP axborot agentligi xabar berdi.
«Biz hali Polsha—Rossiya chegarasida devor qurmayapmiz, biz endigina bu haqda e’lon qildik», — dedi Skurkevich jurnalistlarning savollariga javob berarkan. U devor qurish rejalari Polsha Chegara qo‘riqlash xizmatini rivojlantirish konsepsiyasiga kiritilganini qo‘shimcha qilgan.
Polsha Rossiyaning Kaliningrad oblasti bilan chegaradosh hisoblanadi. Chegaraning quruqlikdagi qismi uzunligi 203,3 kilometrni tashkil etadi.
Kaliningrad oblasti hukumati matbuot xizmati rahbari Dmitriy Lyskov RIA Novosti muxbiriga bergan intervyusida Rossiya-Polsha chegarasida Rossiya tomonda avvaldan panjarali to‘siq borligini qayd etgan. «Polsha tomonida esa yo‘q, Polsha uni endi qurishni rejalashtirmoqda. Gap devor haqida emas, aynan panjarali to‘siq haqida ketmoqda», degan Liskov.
- 2022 yil yanvarida Polsha Belarus bilan chegarada devor qura boshlagandi. Uning uzunligi 186 kilometr, balandligi — besh metrdan ortiq. Umumiy qiymati 644 million zlotiyga (162 million dollar) baholangan qurilish ishlari iyun oyida tugallanishi ko‘zda tutilgan.
- Polsha migratsiya inqirozi tufayli Belarus bilan chegarada devor qurishga majbur bo‘lgan. Xuddi shu sabab bilan Litva ham to‘siqlar o‘rnatishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
22:20 / 29.05.2023
Polsha 1 iyundan Rossiya va Belarus yuk mashinalari uchun chegarasini yopdi
12:24 / 26.12.2022